O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan so‘mga xorijiy valyuta kurslari 2024-04-23


08/01/2024: O’zbekiston va Qozog’iston UzKazTrade tashqi savdo kompaniyasi negizida onlayn savdo maydonchasini yaratishni rejala

Savdodagi toʻsiqlarni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston va Qozogʻiston qoʻshma ishchi guruh tuzadi. Bu haqda 5 yanvar kuni mamlakatga tashrif buyurgan Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Arman Shaqqaliev va O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va kelishib oldilar. Vazirlar Prezident Qosim-Jomart Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida imzolangan investitsiya kelishuvlari va savdo shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ijrosi, joriy loyihalarning amalga oshirilishi hamda savdo-iqtisodiy va sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Oxirgi yetti yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 2,5 barobar o‘sdi, 2016-yildagi $1,9 milliarddan 2023-yilda $4,6 milliardga yetdi. Tomonlar, shuningdek, yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini $10 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha qator chora-tadbirlar to‘g‘risida kelishib oldilar. UzKazTrade qo‘shma tashqi savdo kompaniyasi negizida har ikki davlat bozorlarida keng turdagi tovarlarni sotish uchun onlayn savdo maydonchasini yaratish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, vazirlar “Markaziy Osiyo” Sanoat Kooperatsiyasi Xalqaro Markazini tashkil etishni tezlashtirish choralarini ko‘rishga kelishib oldilar. Bugungi kunda unga infratuzilmani yaratish va ulash ishlari olib borilmoqda. Ushbu ob’ekt Qozog’stonning “Atameken” va O’zbekistonnng “Guliston” chegara nazorat-o‘tkazish punktlari yaqinida joylashgan bo‘lib, o‘z ichiga ishlab chiqarish maydonchalari, tovarlar va uskunalarni saqlash omborlari, shuningdek, transport infratuzilmasini qamrab oladi. Bu, o’z navbatida, tovarlarni yetkazib berishni tezlashtiradi va logistika xarajatlarini kamaytiradi. Markaz yangi ishlab chiqarishlar, ish o‘rinlari yaratish, qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini qayta ishlashni rag‘batlantirish, shuningdek, yuklarni kelgusida tashish uchun logistika xizmatlarini ko‘rsatish imkonini beradi. Uztrade va QazTrade o‘rtasida O‘zbekistondan meva-sabzavot va Qozog‘istondan un yetkazib berish bo‘yicha UzKazTrade qo‘shma kompaniyasi tashkil etilgan edi. Ayni paytda, ushbu korxonaning faolyat uynalishlari kengaymoqda.

YUKLAB OLISH